Vikimedia Jamgʻarmasi yuridik bo'limi/2023 FSh yangilanishlari
Vikimedia Jamgʻarmasi yuridik boʻlimi 21-fevraldan 24-aprelgacha Vikimedia Foydalanish shartlarini yangilashni muhokama qilish uchun hamjamiyat aʼzolari bilan fikr-mulohazalar siklini tashkil qilmoqda.
Foydalanish shartlari (FSh) Vikimedia Jamgʻarmasi tomonidan joylashtirilgan veb-saytlardan foydalanishni tartibga soluvchi huquqiy shartlardir.
Ushbu fikr-mulohazalar davrining bir qismi sifatida Yuridik bo'lim fevraldan aprelgacha taklif loyihasi bo'yicha hamjamiyatlardan fikr-mulohazalarni to'playdi. Loyiha bir necha tillarga tarjima qilinadi va fikrlar istalgan tilda qabul qilinadi.
Siz foydalanish shartlariga taklif qilingan yangilanishni va unga ilova qilingan Foydalanish shartlari yangilanishlari haqidagi to'liq e'lonni o'qishingiz mumkin.