Jump to content

Movement Strategy/Recommendations/Improve User Experience/uz

From Meta, a Wikimedia project coordination wiki
This page is a translated version of the page Movement Strategy/Recommendations/Improve User Experience and the translation is 92% complete.
Outdated translations are marked like this.
Foydalanuvchi tajribasini oshirish

What

Biz doimiy ravishda platformalarimiz dizaynini inklyuziv va hammaga qulay boʻlishi uchun rivojlantiramiz. Har kim jinsi, madaniyati, yoshi, kelib chiqishi, koʻnikmalari yoki jismoniy qobiliyatidan qatʼi nazar Vikimedia ekotizimida bilimlardan foydalanishi, unga hissa qoʻshish davomida tajribalardan bahramand boʻlishini taʼminlaymiz.

Ushbu tavsiya haqida qisqacha video

Platformalarimizdagi foydalanuvchilarning tajribasini oshirish koʻproq odamlarga loyihalarda ishtirok etish, maʼlumotlardan foydalanish va ularga hissa qoʻshish imkonini beradi. Bu ishlab chiquvchilar, dizaynerlar va jamoalarning umumiy masʼuliyati boʻlib, oʻz-oʻzidan Vikimedia ekotizimida birgalikda harakat qilishni talab qiladi. Foydalanuvchilarning tajribasini oshirish tadqiqot, taklif, sinov va natijalarni tarqatishning aniq belgilangan, iterativ va inklyuziv jarayonlaridan iborat boʻlib, insonlarga yoʻnaltirilgan yondashuvga rioya qilishni talab qiladi.

Changes and Actions

Vikimedia platformalarida oʻzgarishlarni aniqlash, taklif qilish, sinovdan oʻtkazish va amalga oshirish metodologiyasini ishlab chiqing. Buning uchun:

  • Dizaynerlar, dasturchilar, jamoalar va foydalanuvchi sahifalarining vakillarini iterativ foydalanuvchi tajribalariga (UX) jalb qilish – dizayn, tadqiqot va natijalarni eʼlon qilish jarayonlaridan boxabarlikni oshirish va odil qaror qabul qilish imkonini beradi.
  • Turli foydalanuvchi profillari orqali mahsulotlarning yaroqliligini sinab koʻring va tasdiqlang (tajribali tahrirchilar, texnik yordamchilar va biz maqsad qilgan xilma-xillikni aks ettiruvchi yangi foydalanuvchilar).
  • Bepul va ochiq kodli dasturiy taʼminotdan foydalangan holda eng ilgʻor kirish koʻrsatmalariga muvofiqlikni qoʻllab-quvvatlang (Web uchun WCAG, W3C mobil internetning eng yaxshi tajribalari va boshqalar).
  • Jamoalarga foydalanuvchi tajribasi (UX) holati toʻgʻrisida xabar bering, ehtiyojlar boʻyicha hamkorlik qiling. Oʻsish, diversifikatsiya va qatnashishga xalaqit beradigan muammolarni bartaraf etish orqali yanada inklyuziv boʻlish masʼuliyatini oʻz zimmasiga olishini qoʻllab-quvvatlang.

Bepul maʼlumotlardan foyalanadigan yoki ularni yaratadiganlar, shuningdek, funktsiyalarni kengaytirish uchun barcha Vikimedia loyihalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, shu bilan birga, tartib-taomillar va amaliyotlarni amalga oshirish lozim. Buning uchun natijalarimiz va platformalarimizning ayrim xususiyatlari ustida ishlash talab etiladi:

  • Foydalanuvchilar turli kontekstlardan foydalanish va hissa qoʻshishi uchun keng turdagi qurilmalarga maxsus moʻljallangan interfeyslar.
  • Yangi foydalanuvchilar uchun topish va tushunish oson boʻlgan manbalar; jumladan, ularga mustaqil ravishda oʻrganish va navigatsiya qilishda yordam beradigan oʻrnatilgan media va boshqaruvchi interfeyslarni oʻz ichiga oladi.
  • Muayyan qiziqishlar, rollar va maqsadlarga ega tengdoshlarni, shuningdek, oʻzaro muloqot, hamkorlik qilish va bir-biri bilan fikr almashish uchun aloqa kanallarini topishga imkon beradigan sharoitni yaratish.
  • Baholash, oʻrganish va takomillashtirish uchun platforma funksionalligini koʻrsatishga hujjatlar va standartlar.
  • Muayyan qiziqish sohasi, maʼlumotga ehtiyoj yoki soʻrov uchun Wikimedia ekotizimida kengaytirilgan maʼlumot tajribasini ulashish maqsadida oʻzaro loyihalar va tillararo funksiyalarni ulash vositalari.
  • Yangi Viki takliflarini (jumladan, yangi til versiyalari) ilgari surish va ularda jamoa tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy taʼminot funksiyalaridan qayta foydalanish yoʻllarini oching.
  • Texnik hissa qoʻshuvchilarga foydali va samarali vositalarni yaratish va qoʻllab-quvvatlash imkonini beradigan ishlab chiquvchi vositalar va yuqori sifatli hujjatlar.
  • Bizning vazifamiz va tamoyillarimizga mos keladigan keng koʻlamli foydalanuvchilar bilan hamkorlik qilish orqali bevosita va bilvosita foydalanuvchilarning foydalanuvchi tajribasini oshirish, Wikimedia API toʻplamini yanada keng qamrovli, ishonchli, xavfsiz va tezkor qilish, kontent va maʼlumotlarni qaytarish potentsialini oshirish, kontentdan qayta foydalanadiganlar uchun boxabarlik va atribut qulayligining tekshirilishini yaxshilash koʻzda tutilgan.

Rationale

Insonlar tobora koʻpayib borayotgan turli xil qurilmalar, interfeyslar va oʻzaro taʼsirlar (masalan virtual yordamchilar) orqali maʼlumotlarni yaratadilar va ulardan foydalanadilar. Joriy va kelajakdagi oʻzgarishlarni idrok qilish, platformalarimiz va hududlarimizni foydalanuvchilarning turli ehtiyojlarini qondirish uchun moslashtirish Internetdagi bepul bilimlarni va loyihalarimiz barqarorligini taʼminlash uchun juda muhimdir.

Foydalanuvchilarning tajribasini yaxshilash tarkibni, faollik va xilma-xillikni oshirishga ham yordam beradi. Loyihalarimizda asosiy tahrirchilar ham hissasi, ham funksional rollari boʻyicha tarkibi deyarli yangilanmagan jamoalardan tashkil topganligini hisobga olgan holda, yangi aʼzolarni ragʻbatlantirib borishimiz kerak. Mavjud platformalar koʻplab yangi kelganlar ishtirok etish uchun zarur boʻlgan texnologik mahoratlarni oʻzlashtirishlari yoki ularga yoʻnaltiradigan manbalarni topishlari qiyin boʻlishi mumkinligini hisobga olsak, bu juda muhim. Vikimedia loyihalari atrofida rivojlanayotgan jarayonlar, vositalar, platformalar va aloqa kanallari yangi kelganlar uchun tez oʻzlashtirish imkonini yaratadi, ammo baʼzi faol foydalanuvchilar buni bilmasligi mumkin. Yaxshi natijaga erishish uchun foydalanuvchi tajribasini doimiy ravishda baholab borish va ehtiyojlarni aniqlash usullarini ishlab chiqish kerak.