Turkiy Vikimedia konferensiyasi 2023
Turkic Wikimedia Conference — Vikimediachilar va turkiy tilda soʻzlashuvchi Vikimedia loyihalari tashkilotchilar tomonidan tashkil etilgan yillik hisobot yigʻilishi. Konferensiya Vikimedia loyihalari boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan barcha foydalanuvchilarni birlashtirish, mahalliy hamda global darajada loyihalar va Vikimedia harakatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan loyihadir. Bugungi kunda 200 milliondan ortiq kishi turkiy tillarda so‘zlashadi. Bu tillarda so‘zlashuvchi xalqlar jugʻrofik jihatdan Turkiya, Ozarbayjon, Eron, Markaziy Osiyo, Xitoy va Rossiyada yashab keladi. Bu konfrensiya orqali turkiyzabon Vikimediachilarga tegishli mahalliy hamjamiyatlarni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyatga ega.
Birinchi turkiy Wikimedia konferensiyasi 2012-yilda Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan. 2022-yilda Wikimedia Turkic UG turkiy hamjamiyatlar uchun dastlabki Wikimedia Turkic UG treningi oʻtkazildi va u yerda turkiy tilda soʻzlashuvchi Vikimedia hamjamiyati uchun har yili konferensiya oʻtkazilishi uchun kelishib olindi.
Ikkinchi bor oʻtkazilgan turkiy tilda soʻzlashuvchi Vikimedia konferensiyasi 2023-yilning 20-22-oktyabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida Wikimedia Turkic UG hamjamiyati tomonidan tashkil etilib, unga WMTR mezbonlik qildi.