Jump to content

Movement Strategy/Recommendations/Coordinate Across Stakeholders/uz

From Meta, a Wikimedia project coordination wiki
This page is a translated version of the page Movement Strategy/Recommendations/Coordinate Across Stakeholders and the translation is 100% complete.
Manfaatdor tomonlar oʻrtasidagi hamkorlik

What

Ushbu tavsiya haqida qisqacha video

Biz ushbu harakatning barcha manfaatdor tomonlari va qarashlarimizni baham koʻradigan hamkorlarimiz bilan keng qamrovli axborot almashish, oʻrganish, bilimlarni yetkazish va tarmoqlashtirish imkoniyatlarini taʼminlaydigan mavjud tizimlarimiz va amaliyotlarimizni rivojlantiramiz, shuningdek, yangilarini yaratamiz. Manbalarni muvofiqlashtirish va qarorlarni qabul qilishda adolatli boʻlishini taʼminlash orqali ushbu tuzilmalar va amaliyotlar harakatimizda faol ishtirok etish, tezkor qarorlar qabul qilish va ishimizni qoʻllab-quvvatlanishida yordam beradi.

Changes and Actions

  • Xayrixohlik, salohiyatni oshirish, hamkorlik maxsulot va texnologiya kabi muayyan faoliyatlar uchun qatʼiy masʼuliyat va kutilayotgan imkoniyatlarni belgilaydigan umumiy hujjatlarni ishlab chiqing va ularni saqlang. Ushbu hujjatlar umumiy qadriyatlar, ehtiyojlar, tamoyillar va javobgarlikni aks ettiradi. Shuningdek, oʻsishni va inklyuzivlikni osonlashtiradi.
  • Ishimizning koʻlami, taʼsiri va infratuzilma barqarorligini oshirish uchun texnik jihatdan hissa qoʻshuvchilar oʻrtasida aloqa va hamkorlikni mustahkamlang:
    • Uskunalar, yangilash va takomillashtirishni talab qiluvchi muayyan sohalar va ish jarayonlarida hamkorlar va boshqa ishtirokchilar uchun qulaylik yarating.
    • Uchinchi tomon ishlab chiquvchilari ishtirok etishi va muloqot qilishlari uchun qulaylik yarating.
    • Zamonaviy texnologiyalar, yangi interfeyslarni yaratish va foydalanuvchi sifatida tajribangizni oshirish boʻyicha hamkorlikda ishlashga yoʻl ochishda asosiy toʻsiqlarni aniqlang va ularni yoʻqoting.
    • Vikimedia platformalari va uskunalariga yangi funksiyalarni tatbiq etish jarayonlarini tashkil qilish uchun Texnologiya Kengashi tuzing. Bundan asosiy maqsad – tarmoqni yaxshilash, innovatsiyalarni muvofiqlashtirish, yordam berish va yordam soʻrash, shuningdek, jamoalarga aloqador boʻlgan qarorlarni qoʻllab quvvatlash va manbalarni saralashda hissa qoʻshish uchun faollar hamda ishlab chiquvchilar va boshqa texnik jihatdan hissa qoʻshuvchilar oʻrtasidagi aloqani yaxshilashdan iborat.
    • Fikr-mulohazalarni olish uchun ishlab chiquvchilar va jamoalar oʻrtasidagi aloqa kanallarini yaxshilang va kamchiliklarni bartaraf eting. Shuningdek, oʻqitish, shugʻullanish, kodni tekshirish hamda shu kabi jarayonlarni tashkil qilish, maʼlumotlarni yozish va boshqalar ham muhim.

Rationale

Turli manfaatdor tomonlarning roli toʻgʻrisidagi noaniqlik, aloqa kanallarining samarasizligi, turli xil ustuvorlik tizimlari hamda qaror qabul qilishlar maslahatlashuvlarsiz amalga oshiriladi degan tasavvurlar va ahillikning yoʻqligi ziddiyatli nuqtalarni keltirib chiqardi. Koʻngillilar jamoalari va harakatimizning boshqa aʼzolari oʻrtasidagi hamfikrlilik va hamkorlikni yaxshilash uchun eʼtiborli boʻlish, manbalar va qoʻllab-quvvatlovchi tuzilmalarni ishga tushirish kerak.

Koʻpgina asosiy dasturiy taʼminot oʻzgarishlari maslahatlashishlarsiz koʻrib chiqiladi. Bu esa loyihalarda ishtirok etish va ular haqida maʼlumotga ega boʻlishda muammolarga olib keladi. Ushbu muvofiqlashtirishdagi kamchilik koʻngillilar, texnik yordamchilar, hamkorlar va jamiyatdagi dasturchilar orasida yetarli darajada qoʻllab-quvvatlanmaslik va samarasiz muloqot tufayli yanada ortmoqda. Bu guruhlar koʻpincha oʻz vositalarini saqlash va rivojlantirishda mustaqil. Aynan shu sababdan, foydalanuvchilar ham, ishlab chiquvchilar ham koʻp toʻsiqlarga duch kelishlari mumkin (masalan, kontentni almashishda). Texnologiyalar kengashidek markaziy tuzilmani tashkil etish yangi texnologiyalarni ishlab chiqishni muvofiqlashtirish va yoʻnaltirishga yordam beradi. Xuddi shunday, mintaqaviy va tematik tuzilmalar harakatning turli manfaatdor tomonlari oʻrtasida yanada aniqlik va umumiy kelishuv bilan muvofiqlashtirishni osonlashtirishi mumkin.

Tematik qiziqishlari oʻxshash odamlarni bir-biri bilan bogʻlashning yanada yaxshi mexanizmlarini yaratish zarurati hamkorlarimizda va harakatimizning barcha darajalarida yaqqol namoyon boʻlmoqda. Harakatimiz kengayib, xilma-xil boʻlib borayotgani sari muvofiqlashtirishning ahamiyati yanada dolzarblashadi. Yechimlarni izlab topish biz yaratishimiz va boshqalar bilan baham koʻrishimiz mumkin boʻlgan bepul bilimlarning hajmi va sifatiga sezilarli taʼsir koʻrsatadi.