Ombudsman komissiyasi/2025/Foydalanuvchilarni tekshiruvchilarga tavsiyalar
![]() |
About the commission — Make a report — Email the commission — Discuss the commission |
Activity reports: 2024 • 2023 • 2022 • Earlier Published decisions |
2025-yil 25-mart kuni Ombudsman komissiyasi quyidagi bayonotni eʼlon qildi:
Hurmatli Foydalanuvchilarni tekshiruvchi (Checkuser),
Ombudsman komissiyasi bir nechta loyihalarda foydalanuvchilarni tekshiruvchilar (Checkuserlar) tomonidan Foydalanuvchilarning ommaviy boʻlmagan shaxsiy maʼlumotlarini olish huquqiga oid siyosati (ANPDP sifatida tanilgan siyosat) notoʻgʻri qoʻllanilayotganiga eʼtibor qaratdi. Ushbu murojaat bilan biz foydalanuvchilarni tekshirish huquqiga ega boʻlgan barcha vikipediyachilarga (yaʼni Checkuser huquqiga ega boʻlgan har bir foydalanuvchiga) biz tez-tez duch kelib turadigan bir muammo haqida eslatib qoʻymoqchimiz: Foydalanuvchilarni tekshirish uskunasi yordamida aniqlanadigan lekin roʻyxatdan oʻtgan bir qancha hisoblar tomonidan hamkorlikda qoʻllaniladigan IP adreslar mavjud. Qisqa qilib aytganda, Foydalanuvchilarni tekshirish uskunasi yuqorida aytilganidek hamkorlikda foydalaniladigan IP adres haqida maʼlumot topgan taqdirda Foydalanuvchilarni tekshirish huquqiga ega boʻlgan shaxs bu IP adres va roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchi nomi bir-biriga bogʻliqligini ommaga oshkor qilish huquqiga ega emas. Foydalanuvchilarni tekshiruvchilar bunday maʼlumotlarni faqatgina boshqa foydalanuvchilarni tekshiruvchiga uzatishi va bunda ham faqat yopiq aloqa vositalaridan foydalanishi mumkin. Bunday vositalarga quyidagilar kiradi:
- Boshqa bir foydalanuvchilarni tekshirish huquqiga ega foydalanuvchining elektron pochtasi
- checkuser-l@lists.wikimedia.org tarqatma roʻyxati
- IRCdagi #wikimedia-checkuser aloqa kanali
- Foydalanuvchilarni tekshiruvchilar uchun maxsus ochilgan yopiq viki (checkuser.wikimedia.org)
Maʼlumotlarni uzatishning nomaqbul yoʻllari quyida keltirilgan:
- Har qanday ommaviy Vikipediya sahifasida eʼlon qilish
- Bunday turdagi maʼlumotni xavfsiz holda qayta ishlash uchun maxsus sozlanmagan har qanday tarqatma pochta roʻyxati, IRC, Discord va h.k. orqali eʼlon qilish
- Siz ishtirok etayotgan loyihadagi Foydalanuvchilarni tekshirish huquqiga ega boʻlmagan har qanday foydalanuvchiga, agar u administrator, patrullovchi yoki boshqa biror huquqqa ega boʻlsa ham, elektron pochta (IRC, Discord va h.k.) orqali xabar yoʻllash
Foydalanuvchilarni tekshirish huquqiga ega boʻlganlarga koʻp hollarda oʻz hamjamiyatlari aʼzolari turli savollarni berishlari mumkin. Quyida berilishi mumkin boʻlgan bir qancha savol namunalari va ularga berilishi maʼqul koʻriladigan javoblar keltirilgan:
- Savol: Foydalanuvchi:X Foydalanuvchi:Yning qoʻgʻirchoq hisobimi?
- Javob: Tekshirish natijalariga koʻra bu ikki hisob bir kishiga tegishli (yoki tegishli emas) boʻlishi mumkin
- Savol: Foydalanuvchi:X qaysi IP manzillardan foydalanmoqda?
- Javob: Men bu maʼlumotni oshkor qila olmayman
- Savol: Foydalanuvchi:X w.x.y.z IP manzildan foydalanadimi?
- Javob: Men bu maʼlumotni oshkor qila olmayman
- Savol: a1.a2.a3.a4 va b1.b2.b3.b4 IP manzillaridan bir kishi foydalanadimi?
- Javob: Men bu maʼlumotni oshkor qila olmayman
- Savol: Foydalanuvchi:X qaysi mamlakatda?
- Javob: Bu oʻziga xos mavhum hudud. Baʼzi hollarda siz geolokatsiya maʼlumotlarini ulashishingiz mumkin. Lekin sizga beradigan eng yaxshi maslahatimiz — bu holatda biroz yopiqroq boʻling va shunchaki bu maʼlumotni oshkor qila olmasligingizni ayting.
Shuningdek, eʼtibor qiling, foydalanuvchining oʻtmishda qilgan ishlari maxfiylik siyosatiga taʼsir qilmaydi. Masalan, quyidagi holatlarning hech biri maxfiylik siyosatidan mustasno emas:
- Foydalanuvchi vandal hisoblansa
- Foydalanuvchi uzoq muddatdan beri zoʻravon hisoblansa
- Foydalanuvchi allaqachon chetlatilgan, global ravishda chetlatilgan yoki ban olgan boʻlsa
- Foydalanuvchi avval qoʻgʻirchoq hisoblar yuritgani maʼlum boʻlsa
Ombudsman komissiyasi uchun