Jump to content

Qoʻllanmalar/Arxitektura fotografiyasiga oid koʻnikmalarni yaxshilash

From Meta, a Wikimedia project coordination wiki
This page is a translated version of the page Learning patterns/Improving your building photography and the translation is 100% complete.
Arxitektura fotografiyasiga oid koʻnikmalarni yaxshilash
problemSiz olgan suratlar koʻngildagidek chiqmayapti.
solutionbir nechta oddiy maslahatlar fotosuratlaringiz sifatini yaxshilashda qoʻl kelishi mumkin: kamerani ikki qoʻl bilan ushlang, qoʻllaringiz harakatsiz holda boʻlsin. Birinchi planga toʻsiqlar tushib qolishini oldini oling, elementlar qanday joylashgani haqida oʻylab oling, ekspozitsiya va fokusirovkani nazorat qiling.
creatorMichaelMaggs
endorse
created on4 iyul 2014


Bu qoʻllanma qanday muammoni hal qila oladi?

Siz olayotgan rasmlar koʻngildagidek chiqmayaptimi? Muammo kamerangizdami yoki siz rasmga olishda qoʻllayotgan usulda?

Nima qilish kerak?

Sizga yaxshi bir yangilikni yetkazamiz: bir nechta oddiy qoidani yodda saqlagan holda olayotgan rasmlaringiz sifatini anchagina yaxshilashingiz mumkin. Yaxshi fotografiya olish uchun qimmat fotoapparatga ega boʻlish shart emas, yaxshiroq rasmga oladigan kamera, biroz bilim va diqqat boʻlsa yetarli. Smartfon yordamida ham yaxshi rasmlar olish mumkin (eng arzoni bilan emas albatta), ammo bu holda rasmni biroz qayta ishlash talab etiladi.

Koʻp uchraydigan xatolar — kameraning joylashuvi

Kamera bir tomonga qarab ogʻgan

Kamera bir tomonga qarab ogʻgan

Kameraning tekis joylashishiga eʼtibor bering. Kompozitsiya (rasmda elementlar joylashuvining mutanosibligi) va kamerani toʻgʻri joylashtirishga ketgan oʻn soniya rasm sifatini anchagina yaxshilashi mumkin.Shuningdek, koʻpchilik boshqacha yoʻl tutsa ham, rasmga olish vaqtida kamera yoki smartfonni doim ikki qoʻlda ushlang.

Kameraning ogʻishi — eng katta muammo (ayniqsa smartfon fotografiyalari uchun), shuning uchun yana bir marta qaytaramiz: kompozitsiya topishda va rasmga olayotgan paytingizda doim smartfonni ikki qoʻlda tuting. Qiya holda olingan bino tasviri qiziqarli va original koʻrinadi deb oʻylamang — ular shunchaki qiya, tamom.

Albatta rasm qiyaligini toʻgʻirlash uchun rasmlarni qayta ishlash dasturlari mavjud. Lekin rasmni birdaniga toʻgʻri olish — ancha maʼqul ish.

Binoning baʼzi qismlari boshqa obyekt bilan toʻsilgan

Boshqa obyekt bilan toʻsilgan bino
Rasmga tushish uchun qarab turgan kishilar mavjud suratlar shaxsiy arxivlar uchun yaxshi lekin Vikiombor juda koʻpchilik foydalanadigan resurs.

Hech bir obyekt binoni koʻrishga halaqit bermayotganiga ishonch hosil qiling. Agar bino koʻrinishini toʻsib turuvchi obyektlar boʻlsa, binoni boshqa nuqtadan rasmga oling yoki (agar toʻsiq toʻxtab turgan mashina boʻlsa, keyinroq ketishi mumkin) boshqa vaqt rasmga oling. Siz mashina egasidan mashinasini vaqtinchalik boshqa yerga qoʻyib turishini soʻrashingiz mumkin — chiroyli muomala bilan iltimos qilinsa, koʻp hollarda mashina egalari rozi boʻlishadi. Agar mashinalarsiz rasmga olish imkonsiz boʻlsa, u holda mashinalarning davlat raqam belgilarini koʻrintirmay olishga harakat qiling (maxfiylikni saqlash uchun). Baʼzida (agar mashinaning davlat raqami koʻrinib qolgan boʻlsa) rasmni Vikiomborga yuklashdan oldin rasmga tushib qolgan davlat raqam belgilarini yashirish kerak boʻladi.

Xoh tasodifiy oʻtib ketayotgan, xoh atayin rasmga tushgan kishi boʻlsin, odamlar ham kompozitsiyani buzib qoʻyishlari mumkin. Iltimos imkon boricha odamlar tushgan rasmlarni Vikiomborga yuklamang, hatto ularning orqasida juda goʻzal bino turgan boʻlsa ham!

Binoning pastki yoki tepa qismi kesilib qolishi

Binoning tepa qismi kesilgan
Binoning pastki qismi kesilgan

Binoning tepa qismini kadrga sigʻdirmagan holda rasmga olmang (cherkov haqida gap ketganda "tomdagi xoch kadrga tushganiga eʼtibor bering", deyishadi). Bunday holat yaxshi rasmni ham buzib qoʻyadi, tomoshabin aynan kadrga sigʻmay qolgan qismni koʻrishni istashi mumkin.

Shuningdek, binoning pastki qismi ham kadrga sigʻishiga eʼtibor bering (albatta, bunga imkonsiz holatlar ham boʻlishi mumkin). Bino tepasini kadrga sigʻdiraman deb pastki qismini unutib qoʻyish hech gap emas.

Binoning chekka qismlari kadr chegarasidan qancha uzoqlikda turgani haqida oʻylang. Bino kadrga sigʻmasa, imkon boricha uzoqroqdan rasmga oling yoki rasmga olish uchun boshqa nuqtani tanlang. Agar har qanaqasiga binoni kadrga toʻliq sigʻdirishning imkoni boʻlmasa, u holda eʼtiboringizni binodagi arxitektura detallarini rasmga olishga qarating.

Quyoshga qarshi turgan holda rasmga olish

Quyoshga qarshi turgan holda olingan rasm

Kamera obyektivini quyoshga qarshi qaratgan holda rasmga olishdan tiyiling. Bunday rasmlardagi oʻta yorugʻ qismlar tufayli ulardan foydalanib boʻlmaydi, hatto quyoshning oʻzi kadrga tushmay qolgan boʻlsa ham. Agar quyosh bino tepasida yoki orqasida turgan boʻlsa, siz quyosh butunlay kadrga tushmaydigan nuqtani tanlashingiz va qoʻl yordamida obyektivga soya tushirishingiz mumkin. Lekin bu usul 100% yordam bermaydi. Eng yaxshi chora — boshqa vaqtda (quyosh boshqa tomonda boʻlganida yoki bulutlar bilan toʻsilganida) kelib rasmga olish.

Kameraning silkinishi

Kamera silkingan holda olingan surat

Kamera silkinishining oldini olish uchun (ayniqsa qorongʻi interyerlarda) shtativ yoki biror ustunchadan foydalanishingiz mumkin. Mana bu rasmdagiga oʻxshash silkingan (qaltiragan) holda olingan tasvirlar foydalanishga yaroqsizdir. Hatto koʻchada ham oʻtirgʻichlar, toʻsiqlardan shtativ (asos) sifatida foydalanish mumkin. Agar shunday obyektlar topilsa, kamerani shu asos ustiga qoʻyib, shu nuqtadan kadr qanday koʻrinishiga eʼtibor bering.

Bu fotografiya bir qoʻlda olingan boʻlishi mumkin. Kamerani ikki qoʻlda ushlash kerakligi haqidagi qoida esingizdami? Chap tomondagi kesilib qolgan asabbuzar shamdonga eʼtibor qarating. Kadrga tushadigan har bir obyekt haqida yaxshilab oʻylang.

Koʻp uchraydigan xatolar — avtosozlamalar

Yorugʻlikning yetishmasligi

Ushbu fotoda yorugʻlik (ekspozitsiya) yetishmagan

Kamera avtomatik ravishda yorugʻlikni (ekspozitsiyani) osmonga moslagan, oqibatda bino juda qorongʻu boʻlib qolgan. Agar kamerangizda sozlamalarida ekspozitsiyani sozlash (exposure adjustment) imkoni boʻlsa, ekspozitsiya miqdorini bir qadamga oshiring va qayta rasmga olib koʻring. Agar muammo takrorlansa, boshqa nuqtadan rasmga olib koʻring va kadrda osmonga kamroq joy ajrating.

Yorugʻlikning ortib ketishi

Ortiqcha yorugʻlik bilan olingan tasvir

Zamonaviy kameralarda yorugʻlikning (ekspozitsiyaning) ortib ketishi kabi muammolar deyarli uchramaydi. Agar sizda shunday holat yuzaga kelsa kamerangiz sozlamalarini tekshiring: "exposure compensation" ("компенсация экспозиции") notogʻri qoʻyilgan boʻlishi mumkin.

Kamerangiz fokusida qaysi obyekt turganiga eʼtiborli boʻling

Notoʻgʻri fokus

Bu rasmda kamera fokusi binoga emas, chapdagi chiroqqa qaratilgan.

Iltimos, suvbelgilarsiz rasmga oling!

Iltimos, suvbelgilarsiz rasmga oling

Agar kamerangiz rasmga olingan sana va soatni avtomatik tarzda rasm yuzasiga yozib qoʻyadigan boʻlsa, iltimos, rasmga olishdan oldin bu funksiyani oʻchirib qoʻying. Shuningdek, rasmga olgandan soʻng dastur yordamida ishlov berish vaqtida ham rasm yuzasiga hech qanday mualliflik suvbelgilarini qoʻymaslikni tavsiya etamiz. Buning oʻrniga mualliflik haqidagi maʼlumotlarni rasmning metamaʼlumotlarida koʻrsatgan maʼqul.

Koʻp uchraydigan xatolar — obyektlar

Iltimos, peshlavhalarni rasmga olmang

Peshlavhalarni rasmga olmang!

Iltimos, Vikiomborga mualliflik huquqlari bilan himoyalanganlik ehtimoli mavjud boʻlgan plakatlar, peshlavhalar, belgilar, zamonaviy murallar (graffitilar) yoki ikki oʻlchamli tasvir hamda matnni oʻz ichiga oluvchi biror buyum rasmini joylamang. Bu gaplar jamoat joylarida joylashtirilgan matn yoki rasmli maʼlumotlarga ham tegishli. Unday buyumlarni boshqalar rasmga olsa ham siz rasmga olmang. Cherkovlar (yoki boshqa binolardagi) qadimiy devor yozuvlari boshqa masala. Ularning mualliflik huquqi allaqachon tugab boʻlgan.

Ushbu rasmda mualliflik huquqi bilan himoyalangan matn va suratlar xiralashtirilgan. Siz suratga olmoqchi boʻlayotgan bino oldida kichkinaroq, yozuvlari koʻrinmaydigan peshlavha boʻlsa ham hechqisi yoʻq, binoni rasmga olish mumkin. Lekin peshlavha katta va juda koʻzga tashlanarli boʻlsa, binoni boshqa nuqtadan rasmga olganingiz maʼqul.

Bunisi ancha yaxshi!

Avliyo Pyotr cherkovi, Berkhamsted, Hertfordshire

Suratda peshlavhalar juda kichik koʻrinadi va mualliflik huquqlari bilan bogʻliq muammolarni keltirib chiqarmaydi. Balki siz ushbu binoni bundan yaxshiroq rasmga olarsiz?

Foydalanish mumkin boʻlgan holatlar

  • Oʻz shahringizdagi binolar suratini yuklashda
  • Viki yodgorliklarni sevadi tanlovi uchun, 'Wiki Takes ...' va "Wiki Scavenger Hunts" loyihalarida

Yordam berganlar

Yana qarang

Oʻxshash mavzular

Havolalar

  • "Composition" fincha Vikipediyada, unda chiziqlar va yoʻnalishlar haqida batafsilroq yozilgan (Google tarjimon orqali ingliz tiliga oʻgirilgan).

Manbalar