Fundraising 2010/thank you/uz
Need help? See the Translation FAQ or Meta:Babylon. All translators should also subscribe to translators-l to be kept up-to-date (and to ask questions). General Fundraising Translation Guidelines: Fundraising 2010/Translations. |
- en/English (published)
- ar/العربية (published)
- be-tarask/беларуская (тарашкевіца) (published)
- bg/български (published)
- cs/čeština (published)
- de/Deutsch (closed)
- es/español (published)
- fr/français (closed)
- gl/galego (closed)
- he/עברית (published)
- hr/hrvatski (published)
- hu/magyar (closed)
- id/Bahasa Indonesia (published)
- it/italiano (published)
- ja/日本語 (published)
- ka/ქართული (published)
- ko/한국어 (published)
- mk/македонски (closed)
- ml/മലയാളം (closed)
- ms/Bahasa Melayu (closed)
- mt/Malti (published)
- nl/Nederlands (published)
- pl/polski (published)
- ru/русский (published)
- sh/srpskohrvatski / српскохрватски (published)
- te/తెలుగు (closed)
- tr/Türkçe (closed)
- uk/українська (closed)
- uz/oʻzbekcha / ўзбекча (published)
- vi/Tiếng Việt (closed)
- yi/ייִדיש (published)
- zh-hans/中文(简体) (published)
- zh-hant/中文(繁體) (published)
Notice
[edit]- Tashakkur
Vikipediya asoschisi Jimmy Wales'dan
Quote
[edit]- "Sayyoradagi har bir odamga insoniyatning barcha bilimlari toʻplamiga bepul erishish imkoni berilgan olamni tasavvur qiling."
- — Jimmy Wales, Vikipediya asoschisi
Vikipediya asoschisi Jimmy Wales'dan tashakkur
[edit]Aql bovar qilmaydi.
Wikimedia Jamgʻarmasi omma oldiga qoʻyadigan maqsadlari yildan yilga murakkablashib bormoqda. Bundan boshqa iloj ham yoʻq, zero Wikimedia veb-saytlari va harakati oʻsib bormoqda. Vikipediya endilikda tirbandlik boʻyicha dunyo boʻylab beshinchi oʻrinni egallagan saytdir, biroq xodimlarimiz, infratizimimiz va mablagʻimiz boshqa eng tirband 10 veb-saytdan istalgan biridagi shu koʻrsatkichlardan nihoyatda kamdir.
Har yili dunyo Vikipediya va uning qardosh loyihalarini dastaklash uchun birlashadi. Eng birinchi yigʻganimiz ehson kelgusida bizning ilk bosh muhandisimiz boʻlgan koʻngilliga oʻsha paytda juda zarur boʻlgan laptop olishga sarflangandi.
Bu yilning boshqalaridan farqli tomoni shundaki, biz bu yili Vikipediyaning oʻn yillik yubileyini nishonlaymiz. Yilni bunday boshlash juda muhimdir: Wikimedia Jamgʻarmasining budjetini toʻldirib, Vikipediya va qardosh loyihalarni quvvatlaymiz va keyingi oʻn yillikka javlon urib kiramiz.
Bu yili biz eng koʻp—$16 million—ehson yigʻdik, qizigʻi shundaki bu mablagʻ eng tez yigʻildi ham.
Sizga yana biroz statistika koʻrsatmoqchiman:
- Wikimedia Jamgʻarmasi uchun 500,000 dan ortiq ehson.
- Wikimedia'ning mahalliy boʻlinmalari uchun jahon boʻylab deyarli 130,000 ehson.
- Vikipediya tarixidagi ikkita eng katta ehson kuni.
- Oʻrtacha ehson miqdori: taxminan $22.
Ushbu ehsonlar Wikimedia loyihalarida mavjud barcha sevimli xususiyatlarni namoyish etdi: odamlar birlashib, qoʻllaridan kelguncha yordam berishdi va ajoyib natijalarga erishishdi. Mumbaylik muhandis yordami Londonlik savdogar va Moskvalik talaba ehsonlariga qoʻshilib, ishimizni davom ettirish uchun yana bir yilga yetgulik natija berdi.
Keling, shuni nishonlaylik.
Chin qalbimdan, va 100,000 dan ortiq koʻngillilar nomidan,
tashakkur.
Jimmy Wales
Vikipediya asoschisi
P.S. Vikipediyaning oʻn yilligini nishonlash uchun dunyo boʻylab koʻngillilar turli bayramlar uyushtirishmoqchi. Batafsil bu yerda http://ten.wikipedia.org. Darvoqe, ehson qilishga ulgurmagan boʻlsangiz, hech qachon kech emas. Bu yerdan ehson qilish mumkin.
Vikipediya 10
[edit]- Vikipediya 10 yoshda!
- Batafsil bilish va qanday qilib ishtirok etishni oʻrganish uchun bu yerga bosingiz.